Metaratings.ru: O'runov yaqin vaqt ichida Spartak bilan shartnoma imzolaydi

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2020
Spartak Ufa yarim himoyachisi Oston O'runov bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha muzokara olib bormoqda.

Oldinroq Metaratings.ru Spartakning yozgi transfer oynasi vaqtidagi ilk xaridi O'runov bo'lishini e'lon qilgandi.

Tomonlar muzokarani deyarli yakunlashdi va O'runov haqiqatan ham Domeniko Tedesko jamoasining yozdagi ilk xaridi bo'ladi. Transfer yaqin kunlarda rasman e'lon qilinadi.

O'runov Toshkentning Lokomotiv 2020 yil fevral oyida 200 ming evro evaziga Ufaga ko'chib o'tgan va 4 yillik shartnoma tuzgan edi. Bu mavsum hozirga qadar o'zbekistonlik futbolchi 10ta o'yinda maydonga tushdi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 900 ming evroga baholamoqda.

Ufa Rossiya chempionati tugashiga 1 tur qolganida 37 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi. Spartak hisobida esa 36 ochko bor va jamoa 9-o'rinda. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: metaratings.ru