Messining uch o'g'li "Barselona"ning "Arsenal"ga qarshi o'yinida

Alisher
5 avg 2019
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi tatildan qaytib keldi va Joan Gamper Kuboki doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yinga tashrif buyurdi.

Argentinalik bilan birgalikda uning uch o'g'li, yani 7 yoshli Tyago, 4 yoshli Mateo va 1 yoshli Chirolar ham o'yinni tomosha qilish uchun kelishdi.

Qayd etish kerakki, uch o'g'ilning hammasi kataloniyaliklarning yangi liboslarida ishqibozlik qilishdi.

Suratni Messining xotini Antonella Rokkucco o'zining "Instagram" sahifasiga joyladi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/antonelaroccuzzo