Messining rafiqasi: "Nihoyat, siz jahon chempionisiz! Bunga erishish yo'lida shuncha yil azob chekdingiz"

Sherzod Nurmatov
19 dek 2022, 19:27
Lionel Messining rafiqasi turmush o'rtog'ini JCH-2022 g'olibligi bilan tabrikladi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi dublga erishdi va Fransiya bilan o'yindan keyingi 11 metrlik penaltini amalga oshirdi (3:3, penaltilar bo'yicha – 4:2).

"Hatto nimadan boshlashni ham bilmayman... Biz siz bilan faxrlanamiz, Leo! Bizga hech qachon taslim bo'lmaslikni va har doim oxirigacha kurashishni o'rgatganingiz uchun tashakkur.

Nihoyat, siz jahon chempionisiz! Bunga erishish yo'lida shuncha yil azob chekkaningizni bilamiz", – dedi Antonella Rokucco.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/antonelaroccuzzo