Messining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi bugun yakuniga etadi

Alisher
30 iyun 2021
Bugun, yani 30 iyunda hujumchi Lionel Messining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadi.

Ertagayoq 34 yoshli argentinalik futbolchi erkin agent maqomida bo'ladi.

Tomonlar anchadan buyon shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib borishmoqda, ammo rasmiy bayonot berilmadi.

Eslatib o'tamiz, Messi butun faoliyati davomida ispan klubi sharafini himoya qilgan.

Leo o'tgan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol va 9ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia