Messi JCH-2018da tarkibda kimlar tushmasligini aytgan

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2018
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o'z jamoasining JCH-2018dagi o'yinlarida tarkibni aniqlashda o'z ta’sirini ko'rsatgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" forvardi ikki futbolchi maydonga tushmasligini so'ragan: himoyachi Federiko Fasio va xavbek Jovani Lo Chelso.

Messi bu ikki futbolchining o'yin darajasiga shubha bilan qaragan va ular jamoaga yordam bera olmaydi deb hisoblagan.

Natijada Lo Chelsa mundialning birorta uchrashuvida ishtirok etmadi, Fasio esa faqat Fransiyaga qarshi 1/8 final o'yinida maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Clarin