Messi Inesta​dan o'tib ketdi, oldinda faqat Xavi bor

Eldor Akmurzayev
30 mar 2019
LaLiganing 29-turi doirasida “Espanol”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlagan argentinalik forvard Lionel Messi “ko'k-anorranglilar” safidagi o'zining 675-uchrashuvida maydonga tushdi.

 Mazkur ko'rsatkich bo'yicha u klubning sobiq a'zosi Andres Inestani (674ta) ortda qoldirdi. Kataloniyaliklar libosida eng ko'p uchrashuvni esa Xavi o'tkazgan. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca