Messi AQSHni zabt etdi... “Inter Mayami” “Neshvill”ni mag'lub etib, liga kubogini qo'lga kiritdi

Alisher
20 avg 2023
Hozirgina Liga kubogining finalida “Neshvill” “Inter Mayami”ga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi bo'limda Messi hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda esa “Neshvill” futbolchisi hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad Messi jamoasiga kulib boqdi.

Shu tariqa, Lionel Messi yangi jamoasidagi ilk sovriniga ega chiqdi.

Liga kubogi, final

“Neshvill” – “Inter Mayami” – 1:1 (0:1, 1:0) (penaltilar seriyasi 9:10)

Gollar: 0:1 – Messi (23), 1:1 – Fafa Piko (57)

Neshvill: Panikko Elliot, MakNoton Lukas, Mur Shak, Cimmerman Uoker, Lovitc Deniel, Myul Aleks, Makkarti Daks, Godoy Anibal, Piko Fabris, Mukxtar Xani, Sarridj Sem.

Inter Mayami: Kollender Dreyk, Yedlin Deandre, Krivcov Sergey, Miller Kern, Alba Jordi, Arroyo Dikson, Buskets Serxio, Kremaski Bendjamin, Teylor Robert, Martines Xosef, Messi Lionel


AlisherMuallif
Manba: championat.asia