

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, Neapol klubi rahbariyati shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadigan 34 yoshli belgiyalik futbolchiga shartnomani uzaytirishni taklif etmayapti.
O'yinchi "Napoli"dan erkin agent maqomida ketishi mumkin.
Mertens joriy mavsum "Napoli" tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 1ta assist qayd etdi.


