

Londonliklar kiperi Eduar Mendi ushbu musobaqada 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, shu bellashuvlarning 9 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishning uddasidan chiqdi.
Bu YCHLda ilk mavsumini o'tkazgan darvozabonlar orasida rekord ko'rsatkich hisoblanadi. Chunki shu paytgacha turnir tarixida hech bir darvozabon YCHLdagi debyut mavsumida 12 a bellashuvning 9 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola bilmagan.
Mendi 2020 yilning kuzida “Renn” klubidan “Chelsi”ga ko'chib o'tgandi.



