Men Dinamodan o'zim ketganim yo'q, ular yangi shartnoma taklif qilishmadi - Obid Jo'raboev

Mirjalol Normatov
16 yanv 2022
16 yanvar kuni Toshkentda Neftchi hamda Buxoro jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Mazkur o'yinda farg'onaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan so'ng qishki transferlar vaqtida Dinamodan Buxoro jamoasiga qo'shilgan Obid Jo'raboev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Bugungi o'yinda jamoa bilan qishki tayyorgarlik olib borilmoqda. Jamoaga kelganimdan keyin ko'p yigitlar ko'rikdan o'tdi. Neftchi jamoasi ham Superligaga chiqdi, ular yaxshi transferlarni amalga oshirishmoqda. Bu bizning qishki yig'indagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvimiz hisoblanadi. Lekin hozircha yomon emas. Qishki yig'indan maqsad yoshlarni ko'rikdan o'tkazish. Bugun yaxshi o'yin bo'ldi, Neftchi jamoasi ham yaxshi tarkibni shakllantiribdi. Qishda barcha jamoa bir xil holatda bo'ladi. Mavsum davomida ko'raveramiz barchasini.

- Dinamodan ketishingiz sababi nimada?

- To'g'risini aytsam, biz Dinamodan o'zimiz ketganimiz yo'q. Ular bilan shartnomamiz tugagan edi, lekin biz kutgandik jamoada qolishni. Bizning Superligada o'ynash maqsadimiz bor edi. Lekin klub rahbarlari, direktori, homiylarimizning tutgan yo'li bizni og'rintirdi. Bizga nisbatan behurmatlik qilishdi. Taklif bo'lishini oxirgacha kutdik. Superligaga chiqishimiz 3 ta tur oldin ma'lum bo'lgandi. Hali mavsum tugamasdanoq murabbiyning o'ziga yangi murabbiy topishganini aytishdi. Shu narsa ham ancha ta’sir qildi. Yangi yildan keyin ham kutdik, lekin telefon bo'lmadi. Bizga variantlar bo'lsa qidiraveringlar, deyishdi. Hozir Dinamoda 2-3 nafar bola qoldi. Biz 3 yanvarda Buxoroga kelib qo'shildik. Biz Dinamodan kutmagandik, o'ynaymiz, 8-10 nafar bola qoladi, deb o'ylagandik.

- Keyingi yil Buxoroni Superligada ko'ramizmi?

- Maqsadimiz jamoani Superligaga olib chiqish. Yaxshi niyatlar bilan keldik, nasib qilsa olib chiqamiz.

Jahongir Fayzullaev yozib oldi


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia