Mele APLda seyvlar borasida yetakchi bo'ldi

Mirjalol Normatov
26 dek 2021
"Lids" posboni Ilan Mele ushbu mavsum APLda 65 seyv amalga oshirdi.

Bu turnirdagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Ikkinchi o'rinda "Norvich" posboni Tim Krul (58) qayd etilgan bo'lsa, kuchli uchlikni "Vulverxempton" (57) kiperi Joze Sa yakunlab bergan.

Mele 2019 yildan buyon "Lids" tarkibida o'ynamoqda. Ayni damda jamoa 16-o'rinda bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA