Meksika klubi kiperi: “Shartnomamda Messi bilan bog'liq band bor”

Eldor Akmurzayev
30 may 2020
"Tigres” (Meksika) darvozaboni Nauel Gusmanning so'zlariga ko'ra, uning shartnomasida “Barselona” yetakchisi Lionel Messi bilan bog'liq band mavjud.

“Shartnomamda Lionel Messi bilan bog'liq holat mavjud. Bu taklifimga “Tigres” rozilik bildirgan. Gap shundaki, agar Messi “Nyuells Old Boyz” qaytsa, bu menga ham u erga qaytish imkonini taqdim etadi”, 34 yoshli posbon.

Gusman Messi kabi faoliyatini “Nyuells Old Boyz”da boshlagan. U 2014 yildan buyon “Tigres” safida o'ynamoqda va 2015 yil jamoa bilan Meksika Aperturasida chempionlikni qo'lga kiritdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TyC Sports