

Jamshid Asadov boshchiligidagi terma jamoa a'zolari Antaliyada dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishdi. Mashg'ulot davomida futbolchilarning jismoniy holati va texnikasi ustida ish olib borildi.
Mazkur terma jamoa a'zolari bu yil iyul oyida Polshada bo'lib o'tadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon Kubogida ishtirok etishadi. Ushbu musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan terma jamoa a'zolariga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.
Quyida e'tiboringizga mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasining Antaliyadagi mashg'ulotlaridan olingan fotosuratlarni havola qilamiz:








