Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi Xalqaro Superkubok musobaqasida qatnashadi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2019
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi 29 iyul – 1 avgust kunlari navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat terma jamoalar o'rtasida xalqaro Superkubok musobaqasi bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqada Jamshid Asadov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Turnir reglamentiga muvofiq unda 2004-2005 yillarda tug'ilgan futbolchilar to'p suradi.

Xalqaro Superkubok musobaqasida Rossiya, Turkiya, O'zbekiston va Kataloniya terma jamoalari ishtirok etadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz