

Jamshid Asadov boshchiligidagi terma jamoa a'zolari bu yil iyul oyida Polshada bo'lib o'tadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon Kubogida ishtirok etishadi. Mazkur musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan terma jamoa a'zolariga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.
Jumladan, bugun Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi yig'in o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l olishdi. Futbolchilar Antaliyada 28 fevralga qadar mashg'ulot olib borishadi va bo'lajak musobaqaga tayyorgarlik ko'rishadi.




