Mehdi Taremi boshqa mamlakat fuqaroligini olish harakatini boshlab yubordi

Оқил Абдубарноев
11 apr 2024
Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremi Yevropa davlati pasportiga ega bo'lishi mumkin.

Ayni damda "Portu" klubiga tegishli hujumchi Portugaliya fuqaroligini ham olishi mumkin. 

Amaldagi qonunchilikka binoan, mamlakat pasportini qo'lga kiritish uchun besh yil istiqomat qilish talab etiladi. 

2019 yil Qatarning "Al Garafa" klubidan transfer qilingan Taremi 23 iyul kuni ushbu muddatni to'liq o'tab bo'ladi.

Fuqarolikning qo'lga kiritilishi Taremining "Inter"ga o'tishiga ham ijobiy ta’sir o'tkazadi.

Eronlik hujumchi mazkur hujjatga ega bo'lish uchun harakatlarni boshlab yuborgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Gazetta