Mbemo "MYU"da tibbiy ko'rikdan o'tdi va shartnoma imzoladi (Fabricio Romano)

Administrator
20 iyul 2025
Brian Mbemo "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano ma'lum qilmoqda. 25 yoshli hujumchi bilan tuzilgan shartnoma 5 yilga mo'ljallangan bo'lib, uni uzaytirish imkoniyatini ham o'z ichiga oladi. Mbemo bugun ertalab yangi klubi uchun tibbiy tekshiruvdan o'tdi.

Ilgari xabar qilinganidek, MYU "Brentford"ga 65 million funt sterling to'laydi, yana 6 million funt bonus sifatida berilishi mumkin.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano