Mbappening "Real"ga o'tganiga Ronaldu munosabat bildirdi

Оқил Абдубарноев
4 iyun 2024
"Al Nassr" forvardi Krishtianu Ronaldu Kilian Mbappening "Real Madrid"ga o'tgani haqidagi xabarga izoh qoldirdi.

Mbappe Ispaniya klubiga qo'shilgach, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga bir nechta post joyladi, shu jumladan, bolaligida "Real Madrid" libosida tushgan suratini ulashdi.

Oradan ko'p vaqt o'tmay, Ronaldu fransiyalik futbolchining postiga izoh qoldirdi: "Endi mening kuzatish navbatim. "Bernabeu"da chaqnayotganingni ko'rayotganimdan hayajondaman".

Eslatib o'tamiz, Mbappe interyularida bir necha marta portugaliyalik yulduzning muxlisi ekanligini aytib o'tgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/k.mbappe/