Mbappening komikslar ko'rinishidagi avtobiografiyasi 12 noyabr kuni ommaga namoyish qilinadi

Mirjalol Normatov
14 okt 2021
PSJ forvardi Kilian Mbappe komikslar ko'rinishidagi avtobiografiyasini ommaga taqdim qilishga tayyorlanmoqda.

"GFFN" nashrining yozishicha, komiks "Je m’appelle Kylian" ("Mening ismim Kilian") nomini oladi va 12 noyabr kuni sotuvga chiqariladi.

Ushbu avtobiografiya 300 ming nusxada bosib chiqariladi. O'z navbatida Mbappe "KM" nomi bilan nashriyot ochishga tayyorlanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: GFFN