Mbappe "Tuluza"ga urgan golidan keyin muxlislarga: "Men qolaman"

Mirjalol Normatov
20 avg 2023
PSJ futbolchisi Kilian Mbappe jamoada qoladi.

Futbolchi Fransiya chempionati 2-turi doirasida"Tuluza"ga gol urganidan keyin muxlislarga qarata: "Men qolaman", deb baqirdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi PSJ bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani uchun jamoa bilan mavsumoldi turnelarda ishtirok etmagandi.

Shuningdek, u "Loryan" bilan o'yinda ham qatnashmagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal