Mbappe PSJ prezidentiga bergan vadasini bajarmagan

Khoja
21 apr 2024
PSJ prezidenti Nosir al Helayfi hujumchi Kilian Mbappedan g'azabda, deb xabar beradi Foot Mercato.

Manbaga ko'ra, Mbappe Nosir al Helayfiga avgust oyida PSJ bilan shartnomasini uzaytirishga vada bergan. Biroq Fransiyalik yozgi transfer oynasida parijliklarni tark etishi va faoliyatini Realda davom ettirish ehtimoli yuqori, bu esa PSJ prezidentining jahlini chiqargan.

Mbappe 2018 yildan buyon PSJda o'ynab kelmoqda. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan. Ayni paytda futbolchining transfer qiymati 180 million evroga baholanmoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com