Mbappe Peresga o'z qarorini aytdi

Оқил Абдубарноев
21 may 2022
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozda jamoani tark etmasligini ma'lum qildi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Fransiyalik hujumchini "Real Madrid" qo'lga kiritish uchun astoydil harakat qilayotgandi hamda turli manbalar kelishuvga erishilgani haqida ma'lum qilgandi. So'nggi qarorni aynan parijliklar forvardi qabul qilishi kutilayotgandi. Biroq Mbappe Florentino Peresga qo'ng'iroq qilib, PSJda qolishini aytgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, PSJ Mbappega yiliga 100 million evro maosh va 300 million evro ko'tarma pulidan iborat yangi shartnoma taklif qildi. Biroq hujumchining onasi "Real" ham xuddi shunday taklif bilan chiqqanini hamda Kilian o'z qarorini 22 may kuni e'lon qilishini aytmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano