Mbappe: "Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish yoki etmasligim bir insonning qaroriga bog'liq"

Administrator
23 mar 2024
Futbolchi Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida vatani sharafini himoya qilmoqchi.

PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe Parijda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishni istayotganini ma'lum qildi. Futbolchi avgust oyida o'tkaziladigan musobaqada ishtirok etish uchun "Real" yoki PSJ klublaridan qaysi biri rozi bo'lishi kerakligi haqidagi savolga ham javob berdi.

"Har doim Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishni istaganman. Niyatim o'zgargani yo'q. Olimpiya o'yinlarida o'ynasam, bu orzu bo'ladi. Agar menga ruxsat berishmasa, nima deyishsa shuni qilaman. Bu bo'yicha qaror qilish bir insonga bog'liq. O'sha inson hali menga javob bergani yo'q. 

Olimpiyadaga borish, bormasligimni qaysi klub hal qiladi? Bilasizmi, PSJ – amalda men bilan shartnomasi bor bo'lgan yagona klub", -deydi Kilian Mbappe. 

Avvalroq, OAVda Mbappe "Real" bilan shartnoma imzolab bo'lgani, Madrid klubi esa futbolchini Olimpiya o'yinlariga qo'yib yuborishni istamayotgani xabar qilingandi. Biroq, Mbappening o'zi Parijda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishni juda xohlamoqda. Fransiya prezidenti Emmanueel Makronning shaxsan o'zi vaziyatga aralashishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Ma'lumot uchun, Parij Olimpiyadasi 2024 yilning avgust oyida o'tkaziladi. Mbappe esa shu yozda klubdan ketishi aniq bo'lib ulgurgan. Futbolchi o'sha vaqtda yangi klubi bilan, yani katta ehtimol "Real Madrid" klubi bilan shartnoma imzolagan bo'ladi.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano