Mbappe: "Messining o'rnida bo'lganimda sigaret bilan "Oltin to'p"ni olgani chiqardim"

Mirjalol Normatov
14 avg 2022
PSJ futbolchisi Kilian Mbappe etti marta "Oltin to'p"ni olgan jamoadoshi Leo Messi haqida gapirdi.

"Marosim bo'ladigan kuni ertalab u juda asabiylashdi. Chunki u ettinchi sovrinini qabul qilib olishi kerak edi. Balki u "Oltin to'p"ni sahnada qanday ko'tarishni o'ylagandir.

Men unga: "Qanday qilib hayajonlanmaslik mumkin, axir Siz u erda 6 marta bo'lgansiz?" dedim. Uning o'rnida bo'lganimda sahnaga sigareta bilan chiqqan bo'lardim.

Bu Leoning qalbi hali ham yoshligini, yanada yaxshiroq bo'lishga harakat qilayotganini ko'rsatadi. U bundan charchamaydi", - dedi Mbappe.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Équipe