Mbappe: "Pullarni hech kimdan o'g'rilayotganim yo'q"

Omonjon To`xtamirzayev
21 yanv 2024
Kilian Mbappe maoshi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"To'g'risini aytsam, qancha pul topishimni aniq bilmayman. To'g'ri, men ham 12 yoshimda futbolda juda ko'p pul bor deb hisoblardim. 

Men olayotgan maoshimga loyiqman. O'sha pullarga arziydigan o'yin ko'rsatishga harakat qilyapman. Muhimi, ularni hech kimdan o'g'rilayotganim yo'q. Dunyo shunday qurilgan.

Kun kelib, butun dunyoga mashhur yulduz bo'lishimni bilardim", - dedi Mbappe.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Envoye Special