Mbappe: "Men Ronaldu izidan yurmoqchi emasman"

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2024
Kilian Mbappe Krishtianu Ronalduni futbol afsonasi deb atadi.

"Ronalduga qarshi o'ynash - men uchun katta sharaf, uni qanchalik yaxshi ko'rishimni hamma yaxshi bilsa kerak. Biz haligacha suhbatlashib turamiz. U futbol afsonasi bo'lib qoladi, ammo ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Unga hasad qilamanmi? Uning natijalariga, biografiyasiga boqing. Krishtianu unikal futbolchi. uni juda hurmat qilaman.

Unga o'xshagani yo'q. Men esa uning izidan emas, o'z yo'limdan ketmoqchiman. "Real"da ajoyib sahifa qoldiraman deb o'ylayman, ammo Ronaldunikidan boshqacha bo'ladi" - dedi Mbappe.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport