Mbappe Fransiya terma jamoasining faqat muhim o'yinlarida harakat qilmoqchi. "Real" forvardi 2025 yilgi "Oltin to'p"ni ko'zlagan

Alisher
12 okt 2024
Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasining faqatgina muhim o'yinlarida o'ynashni xohlamoqda.

25 yoshli forvard 2025 yilda France Football jurnali talqiniga ko'ra dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan "Oltin to'p"ni olmoqchi.

Fransiya terma jamoasi sardori bo'lmish Mbappe tiklanishga etarli vaqt bo'lishi va jarohatlardan qochish uchun milliy jamoaning faqatgina muhim o'yinlarida ishtirok etmoqchi.

Oldinroq, "Real" hujumchisi UEFA Millat ligasi doirasida Fransiyaning Isroil (4:1) bilan o'yini vaqtida Stokgolmdagi restoran va tungi klubga borgandi. Unga jarohatdan tiklanishga vaqt berish uchun milliy jamoaga chaqirilmagandi.


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato