Mbappe Fransiya terma jamoasi safida 39-golini urdi

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2023
Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi safidagi 39-golini urdi.

24 yoshli hujumchi Evro-2024 saralashi doirasida Gibraltar darvozasini ishg'ol etdi. 

Mbappe ayni paytda Fransiya terma jamoasining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida 5-o'rinni egallab turibdi. To'rtinchi pog'onadagi Mishel Platiniga yetib olish uchun 2 ta gol qoldi. 

Terma jamoaning eng yaxshi to'purari Olive Jiru hisoblanadi - 54 ta gol.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta