

"Fransiya prezidenti bilan kelajagimni muhokama qilishni xayolimga ham keltirmagandim. Bu shunchaki aql bovar qilmaydigan, aqldan ozdiradigan voqea bo'ldi. Makron menga: "PSJda qolishingizni xohlayman. Fransiyani tark etishingizni istamayman. Siz mamlakat uchun juda muhimsiz". Prezidentning bunday so'zlari, albatta, men uchun muhim edi", – dedi Mbappe.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Mbappe yozgi transfer oynasida ijara asosida "Real"ga o'tishga yaqin turgandi. Biroq yakunda futbolchi PSJ bilan shartnomani 2025 yilning yoziga qadar uzaytirishga qaror qildi.



