Mbappe Fransiya kubogida Papenning rekordini takrorladi va PSJda Kavanining rekordiga yaqinlashdi

Eldor Akmurzayev
25 yanv 2023
Fransiya kubogi 1/16 finalida PSJ 7:0 hisobida quyi divizion jamoasi “Pey De Kassel”ni tor-mor etdi.

Uchrashuvda penta-trikka erishgan Kilian Mbappe musobaqadagi umumiy gollarini 29 taga (25 bahsda) etkazib, bu borada kubok to'purari Jan-Per Papenning rekordini takrorlashga erishdi.

Bundan tashqari, 24 yoshli francuz PSJdagi gollar soni bo'yicha rekordchi bo'lgan Edinson Kavaniga (196 ta) yetishiga 4 ta to'p kiritishi qoldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RMC Sport