Mbappe faoliyatidagi eng zo'r o'yini qaysi ekanligini aytdi

Aziz Tukhtamuradov
3 iyun 2021
PSJ futbolchisi Kilian Mbappe "Barselona" bilan YCHL doirasidagi safar o'yini (4:1) haqida esladi.

O'sha o'yinda Kilian xet-trik amalga oshirgandi. 

"Bu faoliyatimdagi eng zo'r o'yin. Chunki u zo'r chiqqandi. Men jamoaga hujumda ham, himoyada ham yordam bera olgandim, vaziyatlarni yaratishda va yakunlashda qatnashgandim. 

Qarama-qarshiliklarning 90 foizini yutganman, agar o'sha statistika to'g'ri bo'lsa", - dedi fransiyalik futbolchi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Esquire