

PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappening Parij klubini tark etishga qaror qilgani va buni klub prezidentiga ma'lum qilganidan xabardorsiz. Kilian bugungi mashg'ulotlarda o'z jamoadoshlariga mavsum oxirida PSJdan kyetishini ma'lum qilgan. Biroq, u mashg'ulotdagi nutq davomida o'zining keyingi jamoasi haqida hech qanday ma'lumot bermagan. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Fabricio Romano ma'lum qildi.
Shunga qaramay, PSJ va "Real Madrid" klublarining kiyinish xonasidagi o'yinchilar barchasini sezib turishibdi: Mbappe yozda Madridga ko'chib o'tadi.



