Mbappe Benzemaning natijasini takrorladi

Omonjon To`xtamirzayev
23 sen 2024
La Liga 6-turi doirasida "Real" "Espanol"ga (4:1) hech qanday imkon qoldirmadi.

Gollardan biriga penaltidan unumli foydalangan "qaymoqranglilar" hujumchisi Kilian Mbappe mualliflik qildi.

Shunday qilib Mbappe "Real"ning XXI asrda La Liga doirasidagi ketma-ket 3 ta o'yinda o'n bir metrlik nuqtadan gol urgan ikkinchi futbolchisiga aylandi. Bungacha Karima Benzema 2022 yilning mart-aprel oylari oralig'idagi bahslarda shunday natija qayd etgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: OptaJose