Maxaradze va Iskanderov "Naft" va "Lokomotiv"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aziz Tukhtamuradov
16 apr 2015
Xabaringiz bor, bugun Toshkentning "Paxtakor" jamoasi o'z maydonida "Sho'rtan"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Toshkentliklarning ikki nafar yetakchi futbolchilari Kaxi Maxaradze va Jamshid Iskanderovlar jarohatlari sababli o'yinda ishtirok eta olmadilar.

Ma'lumotlarga qaraganda, ushbu futbolchilar "Naft Texron" va "Lokomotiv"ga qarshi bo'ladigan o'yinlarda ham maydonga tusha olmaydilar.

Eslatib o'tamiz, OCHL doirasida "Naft Texron"ga qarshi o'yin 22 aprel kuni Eronda bo'lib o'tadi. Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi esa 27 aprelga belgilangan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia