Mavsumning "Tilla bola"si bo'lish uchun nomzodlar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
15 iyun 2022
2021/22 yilgi mavsumning "Golden Boy" sovrinini qo'lga kiritishi uchun nomzodlar e'lon qilindi.

"Tuttosport" nashri ma'lumotiga ko'ra, Karim Adeyemi, Jud Bellingem ("Borussiya" Dortmund), Eduardo Kamavinga ("Real"), Entoni Elanga ("Manchester Yunayted"), Pedri, Anssumane Fati, Gavi ("Barselona"), Rayan Gravenberx, Jamol Musiala ("Bavariya"), Ilya Zabarniy ("Dinamo" Kiev) kabi futbolchilar mukofot uchun "kurash olib boradi".

O'tgan mavsumda bu sovrinni "Barselona" futbolchisi Gavi qo'lga kiritgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport