Maurisio Pochettino: "Biz hali poygadamiz"

Tolibjon Qosimov
1 may 2017, 10:35
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APL 35-turida "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu fantastik kun bo'ldi. Men o'yinchilar va muxlislar uchun juda mamnunman. "Arsenal"ni bu stadiondagi so'nggi derbida mag'lub etish kerak edi. Lekin, eng muhimi "Chelsi"ga farqli kattalashtirish imkonini bermadik. Muxlislarimiz mavsumni "Arsenal"dan yuqorida tugatishimizdan xursandlar, lekin hozir bosh sovrinni yutishga urinib ko'rish kerak. Biz hali ham poygadamiz", - dedi Pochettino.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports