Maunt "Manchester Yunayted"da ettinchi raqamda o'ynaydi. Ronaldudan keyin ushbu raqam bo'sh edi

Administrator
5 iyul 2023
Futbolchi oddiy bo'lmagan raqamlardan birida o'ynaydi.

"Man Yunayted" Meyson Maunt transferini e'lon qildi. Maunt MYU safida ettinchi raqamda to'p tepadi. Ushbu raqam jamoa futbolchisi Krishtianu Ronaldudan so'ng bo'sh bo'lib kelayotgandi. Endi Meyson ushbu raqamning egasiga aylandi.

Ma'lumot uchun, MYUda ettinchi raqam har doim alohida ahamiyat kasb etgan. Unda Jord Best, Brayan Robson, Erik Kantona, Devid Bekxem va Krishtianu Ronaldular harakat qilishgan.


AdministratorMuallif
Manba: https://twitter.com/ManUtd/