Matteus: "Rossiya terma jamoasi JCH-2018 keyingi bosqichiga chiqqaniga hayron bo'lmadim"

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2018
Germaniya terma jamoasi sobiq sardori Loter Matteus Rossiya terma jamoasining JCH-2018dagi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Rossiya terma jamoasi keyingi bosqichga chiqqaniga hayron bo'lmadim. Ularda iroda bor, jamoa mundialni uyida o'tkazmoqda. Urugvay kuchli jamoa, ruslar bahsni 10 kishi bo'lib yakunlashdi. Rossiyalik muxlislar o'z jamoasining ishtirokidan mamnun bo'lib, Ispaniyaga qarshi bahsda o'z sevimlilarini bor kuchlari bilan qo'llab-quvvatlashlari kerak. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin, asosiysi ishonish kerak" - deydi Matteus.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com