Mats Xummels va Marko Roys faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin

Nozimov Nig'monxo'ja
28 noya 2023
"Borussiya D" futbolchilari Mats Xummels va Marko Roys yozda nemis klubini tark etishlari mumkin.

 Ma'lumotlarga qaraganda, har ikki futbolchiga Saudiya Arabistoni chempionatidan ajoyib taklif tushgan. 

Har ikki futbolchining "Borussiya D" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi.

Roys joriy mavsum 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Xummels esa 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com