Mats Xummels Evrokuboklarda o'ynaydigan A Seriya klubiga o'tishi mumkin

Administrator
26 iyul 2024
"Borussiya D"ni erkin agent sifatida tark etgan himoyachi o'ziga yangi klub qidirmoqda.

"Bolonya" klubi himoyachi Mats Xummelsga rasmiy taklif bilan chiqdi. Italiya klubi buni rasman tasdiqladi. Ayni damda klubi himoyachi bir qarorga kelishini kutmoqda. 

"Biz Xummelsning qarorini kutmoqdamiz. Biz unga o'z loyihamizni ko'rsatdik", -deydi "Bolonya" klubi direktori Fenuchchi.

Ma'lumot uchun, "Bolonya" klubi ikki kun oldin Mats Xummelsga tibbiy ko'rik o'tkazishni rejalashtirib qo'ygan. Himoyachiga esa bir qarorga kelish uchun ko'proq vaqt talab etilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Bolonya" klubi o'tgan mavsum A Seriyada beshinchi o'rinni egalladi va yangi mavsumda YCHL saralash bosqichida qatnashadi.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano