Matbuot anjumanida Samuel Yumtitini Pol Yumtiti deb atashdi (+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2018
Fransiya terma jamoasi himoyachisi Samuel Yumtiti ishtirokida o'tgan matbuot anjumanida qiziqarli voqea yuz berdi.

Anjuman boshlanishidan avval fransiyaliklar matbuot-kotibi jurnalistlarga futbolchini tanishtirdi, ammo uni Pol Yumtiti deb xatoga yo'l qo'ydi. Himoyachi bunga javoban kulib qo'ydi va "qo'ysangchi" deb, zalni tark etayotgandek harakat qildi. Matbuot kotibi bu vaziyatda o'zini yo'qotmay, futbolchini Samuel Pogba deb, hazillashib qo'ydi.

Fransiya terma jamoasi 15 iyul kuni Xorvatiyaga qarshi JCH-2018 final o'yinida maydonga tushadi.

TAS-IX



Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com