"Mashal" makedoniyalik legioneri bilan shartnomani bekor qildi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2018
PRO-Liga qatnashchisi "Mashal" transfer oynasi ochilguniga qadar legioner futbolchisi bilan xayrlashishga qaror qildi.

Gap shundaki, "gazchilar" yil boshida makedoniyalik Jalil Asanini o'z safiga qo'shib olgandi. 23 yoshli futbolchi aftidan muborakliklarning ishonchini to'liq oqlay olmagan ko'rinadi. Jamoa rasmiylarining ma'lum qilishicha, Jalil bilan o'rtadagi bitim har ikki tomonning roziligi bilan bekor qilindi. Shu bois Asani kuni-kecha vataniga qaytib ketdi.

E'tiborlisi, Jalil Asani so'nggi uch yilda 7 ta! jamoada o'ynashga ulgurdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia