Marufjon Abdisalomov: "Muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz"

Narzulla Saydullayev
30 okt 2016, 09:12
"Olmaliq" - "Andijon" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh menejeri Marufjon Abdisalomov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Ammo bizga omad yetishmadi. Xudo xohlasa muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Oliy ligada qolish uchun qattiq harakat qilamiz. Hali imkoniyatimiz ko'p. Yigitlar ishonchimizni oqlashadi deb o'ylayman.

Bugnyak va Ilesku nega o'ynamadi? Ular hozircha maydonga tushishga tayyor emas", - deydi Marufjon Abdisalomov.

"Andijon" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia