

22 yoshli "Inter" hujumchisining sobiq klubi prezidentining so'zlariga ko'ra, Martines Ispaniyaga yo'l olishga yaqin.
"Lautaro Martines bilan anchadan buyon gaplashmayotgan bo'lsam ham, uning "Barselona"ga o'tishga yaqinligini bilaman. Biz hali ham ushbu transfyerdan klubimiz qancha olishini bilmaymiz, ammo eng muhimi futbolchining shakllanishi uchun katta hissamiz qo'shilgani ayon", - deydi Blanko.
Eslatib o'tamiz, "Rasing" Martinesni 2018 yilda "Inter"ga 25 million evro evaziga sotgan edi. Argentina klubi futbolchining keyingi transferidan ham ma'lum miqdorda foiz oladi.



