Martines: “Angliyaga qarshi o'yin men uchun muhim”

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH-2018 qur'asidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Belgiyaliklar guruh bosqichida Panama, Tunis va Angliya termasi bilan kuch sinashishadi.

“Men salkam 21 yildan buyon ingliz futbolining ichidaman. Shu sabab Angliya termasi bilan o'yin men uchun muhim ahamiyatga ega. Endi yaxshigina hozirlik ko'rishimiz kerak. Guruhimiz murakkab”, deya Martinesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda FIFA rasmiy sayti.


Manba: ФИФА расмий сайти