Marselo: "Real" futbolchilari Ronalduni oxirigacha qo'llab-quvvatlashadi"

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2017
"Real" himoyachisi Marselo fikricha, uning jamoadoshi Krishtianu Ronaldu "Qirollik klubi"dagi jamoadoshlarining qo'llab-quvvatlashini his qiladi.

"Ronaldu bilan bu mavzuda suhbatlashganim yo'q, ammo Krishtianu "Real" futbolchilari uni oxirigacha qo'llab-quvvatlashini biladi. Ronaldu jamoaga qo'shilsa, bu haqda suhbatlashib, vaziyatga oydinlik kiritib olamiz" - deydi Marselo.

Iyunda portugaliyalik Ispaniya prokuraturasining tekshiruvlaridan norozi ekanligini aytgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca