

Qayd etilishicha, Belsa 2020/21 yilgi mavsumda ham "Lids"da ishlashda davom etadi. Argentinalik mutaxassisning jamoa bilan yangi kelishuvi 2021 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, Belsa "Lids" boshqaruvini 2018 yilda qabul qilib olgan. U boshchilik qilgan jamoa 2019/20 yilgi mavsumda Chempionshipda birinchi o'rinni olib, Premer-ligaga chiqdi.
Ma'lumot uchun, "Lids" APL 1-turini 12 sentyabr kuni safarda "Liverpul"ga qarshi o'tkazadi.



