"Marsel" prezidenti Sampaolini klubda qoldirmoqchi

Alisher
3 may 2022
"Marsel" prezidenti Pablo Longoriya jamoa bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda.

Mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Longoriya argentinalikning ishidan rozi. Jamoa hozirda uning qo'l ostida Fransiya chempionatida 2-o'rinda bormoqda va Konferenciyalar ligasida yarim finalga chiqqan.

Prezidentning bu borada poziciyasi yaxshi va u klub xo'jayini Frenk Makkortani argentinalik bilan shartnomani uzaytirishga ko'ndirmoqchi.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe