"Marsel" YCHLga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olgan taqdirda Laportni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Klub qishda "Al Nassr" himoyachisini qo'lga kiritishga harakat qildi

Alisher Ostonov
7 may 2025
"Marsel" "Al Nassr" himoyachisi Emerik Laportni sotib olishdan umidini uzmayapti.

Francuz klubi Ispaniya terma jamoasining 30 yoshli futbolchisini o'tgan qishda o'z safiga qo'shib olishga uringan, endi esa mavsum yakunida - to'g'ridan-to'g'ri Chempionlar ligasiga yo'llanma olgan taqdirda transferni rasmiylashtirmoqchi.

Liga 1 mavsumi yakunlanishiga 2 tur qolganida "Marsel" jadvalda 2-o'rinni egallab turibdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: laprovence.com