Marokash terma jamoasi murabbiyi shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirdi

Marokash terma jamoasi bosh murabbyi Erve Renar mamlakat futbol federatsiyasi bilan shartnomasini uzaytirdi.

49 yoshli mutaxassis bilan yangi kelishuv 2022 yilga qadar amalda bo'ladi.

Renar qo'l ostida Marokash terma jamoasi 1998 yildan buyon ilk bor JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi va kelgusi yili Rossiyada bo'ladigan mundialda qatnashadi.

VVS muxbiri Geri Al-Smitga ko'ra, uning maoshi 78 ming AQSH dollarini tashkil etadi va yana ma'lum bonuslarga ega bo'ladi.

Francuz mutaxassisi 2012 yil Zambiya, 2015 yilda esa Kot-d’Ivuar termasi bilan Afrika kubogida g'olib chiqqan.


Manba: Goal.com